Ulug'bek Baqoev: "Lokomotiv"ga qarshi astoydil kurashishga tayyormiz"

Xayrulla Xoliqov
28 iyul 2017
Bugun "Lokomotiv" va "Buxoro" o'rtasida O'zbekiston Kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan javob bahsi bo'lib o'tadi.

O'yindan oldin "Buxoro" bosh murabbiyi "Futbol Ekspress"ga bergan intervyusida jamoasi "Loko" bilan o'yinga tayyor ekanligini aytib o'tdi. 

 - "Lokomotiv" - o'ta jiddiy raqib. Bejizga ular oliy ligada birinchi o'rinda borayotgani yo'q. Bu jamoaga qarshi tengma-teng kurash olib borish oson emas, lekin astoydil kurashishga tayyormiz. Raqibdan qo'rqayotganimiz yo'q", - deya fikr bildirgan U. Baqoev.  

Eslatib o'tamiz, bugungi bahs TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi va 19:30da boshlanadi. 



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia