Ulug'bek Baqoev: “Buxoro” muxlislariga kelgusida omad tilab qolaman"

Narzulla Saydullayev
25 noya 2018
Bugun “Buxoro” - “Navbahor” uchrashuvidan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'yin borasida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Avvalo “Navbahor” jamoasini bugungi g'alabasi va O'zbekiston  chempionati Superligasida bronza medal sohibi bo'lgani bilan tabriklayman. Ushbu yil juda shiddatli chempionat bo'ldi desam adashmayman.  Shuningdek barcha muxlislarga bizni yil mobaynida qo'llab-quvvatlab turishgani,  yaxshi–yomon natijali kunlarda jamoani yolg'iz qoldirishmagani uchun shaxsan o'z nomimdan va jamoa hamda murabbiy, rahbarlar nomidan  ularga minnatdorchilik bildiraman hamda kelgusida ularga va barchaga omad tilab qolaman – dedi murabbiy.    


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати