Ulug'bek Baqoev: “Buxoro” jamoasi g'alabalarining hech qanday siri yo'q”

Narzulla Saydullayev
7 sen 2017
“Neftchi”- “Buxoro” uchrashuvidan (1:2) keyingi matbuot anjumanida bosh murabbiyimiz Ulug'bek Baqoev o'yin haqidagi fikrlar bilan o'rtoqlashdi.
-  Albatta, "Neftchi" bir nechta turda  g'alaba  qozona  olmagani  hakida  xabarimiz  bor edi . Farg'onaga bizlar  yaxshi  kayfiyatda,  faqat  g'alaba qozonish uchun kelgandik. Uchrashuv juda  qiziqarli o'tdi. Ikkala jamoada  ham  gol urish uchun vaziyatlar bo'ldi. Agarda har bir vaziyat gol bilan tugasa,  bahs qiziqarli bo'lmas edi. Bugun omad biz tomonda edi va g'alabani qo'lga kiritdik.  Raqib  jamoa  o'yini  menga yoqdi. Yigitlarga uchrashuvdagi shijoatlari  uchun minnatdochilik bildiraman. Har bir uchrashuv biz uchun muhim va  har bir o'yinga biz alohida tayyorgarlik ko'ramiz.

“Buxoro” jamoasi g'alabalarining hech qanday  siri  yo'q. Shunchaki,  jamoaning  har bir  futbolchisi,  o'yin vaqtida  maksimal darajada kuchini  sarflayapti. Agar maydonda yugurmasa  hech  qanday  natija  bo'lmaydi – deya fikrlarini bildirib o'tdi  jamoa  bosh  murabbiyi  Baqoev.

Buxoro matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia