Ulug'bek Baqoev: "Birinchi davrada uy o'yinlarini "Bunyodkor" stadionida o'tkazamiz"

Tolibjon Qosimov
13 mar 2024
Pro-liganing 1-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin haqida

- Bugun mavsumning ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazdik. Birinchi o'yinlar odatda u qadar ham yorqin o'tmaydi. Jamoamiz tarkibi deyarli 90 foiz yangilanib ketdi, futbolchilarga o'zaro moslashib olishlari uchun vaqt kerak. Shuningdek, maydon ham bir oz yumshoqdek ko'rindi. To'p maysa ustida yaxshi yurmagani sababli o'yin sifatiga ta’sir ko'rsatgan bo'lishi mumkin.

- "Buxoro" uy uchrashuvlarini endilikda qaysi stadionda o'tkazadi?

- Biz hozir "Bunyodkor" stadioni bilan kelishuvga erishganmiz. Pro-liganing birinchi davrasini Toshkentda o'tkazamiz. Pro-liga taqvimi qulay ishlab chiqilgan, bu borada tashkilotchilarga rahmat aytaman.

- Jamoangiz bugun bir ochko ishladimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Birinchi o'yinlarda moslashib ketish oson bo'lmaydi. Futbolchilarga o'yin ritmiga tushib olishlari uchun ozroq vaqt kerak. Bugun har ikki jamoa bir ochkodan ishladi.

- Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytira oldimi?

- Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. O'yinlar davomida kuchayib boramiz.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia