"Ular shifokorlarmi yoki masxarabozlar?" - Alaba koronavirus vakcinasini Afrikada tekshirib ko'rish haqida

Alisher
6 apr 2020
"Bavariya" himoyachisi David Alaba francuz shifokorlarining koronavirus vakcinasini Afrida tekshirib ko'rish haqidagi fikrini qoraladi.

"Koronavirus vakcinasini Afrikada tekshirib ko'rish? Bu ikkisi shifokormi yoki masxarabozlarmi?

Bu men umuman tasavvur qila olmaydigan irqchilikdir. Sharmanda!

Biz hammamiz bir joyda qo'lni qo'lga berib virusga qarshi kurashishimiz kerak", - deb yozgan Alaba.

Alabaning otasi asli nigeriyalik. Futbolchi esa Avstriya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/David_Alaba