Ukrainalik himoyachi Sergey Simonenko "Bunyodkor"ga tekinga o'tadi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2014, 17:26
Xabaringiz bor, ayni paytda Dubayda yig'in o'tkazayotgan Toshkentning "Bunyodkor" klubida ukrainalik Sergey Simonenko ko'rikdan o'tmoqda.
Uning agenti Sefer Alibaev sport.ua saytiga o'z fikrlarini bildirdi: 22 yanvar kuni Bunyodkor Rostov bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. 1:1 hisobida tugagan o'yinda ukrainalik Aleksandr Pishur 75 daqiqa o'ynadi. Sergey Simonenko esa jamoa yig'iniga kechroq qo'shilgani uchun jismoniy holat ustida ishladi. Menimcha u 25 yanvardagi Moskvaning Dinamo klubiga qarshi o'yinda maydonga tushsa kerak. Bunyodkorga u mening tashabbusim orqali keldi. Agar Bunyodkor murabbiylariga himoyachining harakatlari maqul kelsa u erkin agent sifatida qaldirg'ochlar safiga ko'chib o'tadi.
 
Takidlash lozimki, Simonenko 2014 yil 1 yanvaridan erkin agentga aylangan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia