Ukraina delegaciyasi Namangandagi “Markaziy” o'yingohga tashrif buyurdi

Aslanov Jasurbek
29 may 2021
Ayni paytda Namangan viloyatida Ukrainaning mamlakatimizdagi elchisi Nikolay Doroshenko, Xmelnickiy shahar meri Aleksandr Simchishin boshchiligidagi Ukraina delegaciyasi mehmon bo'lib turibdi.

 Delegaciya a'zolari bugun “Navbahor” jamoasi o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadigan Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif davomida martabali mehmonlarga “Navbahor” PFK va “Markaziy” o'yingoh rahbariyati hamda xodimlari hamrohlik qilishdi. 

“Markaziy” o'yingohga tashrif davomida Ukraina delegaciyasi a'zolari futbolchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish asnosida, jamoalarning kiyim almashtirish xonalari, stadion foyesi, maydon chimi sifatini ko'zdan kechirishdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати