Ukraina chempionati. Shaxtyor safarda Vorsklaga imkoniyat qoldirmadi

10 mar 2018, 00:29
Ukraina prmer ligasi ikkinchi bosqichining birinchi uchrashuvida “Shaxtyor” safarda “Vorskla”dan ustun keldi.

Poltavadagi “Vorskla” stadionida kechgan bahsda mehmonlar yirik g'alabaga erishishdi.

“Konchilar” tarkibida birinchi bo'limda Fakundo Ferreyra dublga erishgan bo'lsa, uchinchi golni yarim himoyachi marlos penaltidan kiritdi.

“Shaxtyor” 54 ochko bilan Ukraina chempionati turnir jadvalida birinchi pog'onasida bormoqda. “Vorskla” esa (37 ochko) uchinchi o'rinni band etgan.


Manba: championat.asia