Ukraina chempionati bugun to'xtatilishi mumkin

Mirjalol Normatov
24 fev 2022
Ukrainada futboldagi barcha musobaqalar to'xtatilishi kutilmoqda.

Bugun, 24 fevral kunida Ukraina futbol associaciyasi ijro qo'mitasi yig'ilish o'tkazadi. Mahalliy matbuotning xabariga ko'ra, mamlakatdagi favqulodda vaziyatni inobatga olgan holda futbol o'yinlarini to'xtatib turish masalasi ko'rib chiqiladi.

Bunga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan buyruq bo'lgani aytilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia