Uilyamsni sotib olsa ham "Barselona" Reshfordni transfer qilishga urinib ko'radi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2025
"Barselona" ushbu yozda Markus Reshfordni sotib olishga harakat qilib ko'radi.

"Diario Sport" ma'lumotiga ko'ra, garchi "Barselona" Niko Uilyamsning transferini uddalay olsa ham Reshfordga bo'lgan e'tiborini yo'qotmaydi.

Barchasi hujumkor futbolchilarning jamoadan ketishiga bog'liq bo'ladi. Ansu Fati "Monako"ga o'tdi. Endi "Barselona" Pau Viktorning transferi ustida ishlamoqda.

Xansi Flikka Reshfordning universalligi maqul kelmoqda. So'nggi yillarda "Barselona"da jarohatlar ko'paygani ham tarkibni jiddiy kuchaytirishga sabab bo'lmoqda.

Reshfordning o'zi ham "Barsa"ga o'tishni istayapti. Futbolchi ijara asosida o'tishga va maoshining kamayishiga ham rozi. "Barselona" sababli Reshford "Chelsi", "Nyukasl" va "Aston Villa", shuningdek, Saudiya Arabistonidan bo'lgan taklifga rad javobini bergan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport