Uilshir "Kristal Pelas" yoki "Bornmut"ga ijaraga beriladi

Aslanov Jasurbek
31 avg 2016, 12:14
"Arsenal" yarim himoyachisi Jek Uilshir ayni damda faoliyatini ijarada davom ettirish yo'llarini ko'rib chiqmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi "Kristal Pelas" yoki "Bornmut"ni tanlashi kerak.

Uilshir va uning agentlari shu kunlarda "burgutlar" ustozi Alan Pardyu va "Bornmut" bosh murabbiyi Eddi Xau bilan uchrashgan. Ikkala uchrashuv ham Londonda bo'lib o'tgan. Jek mutaxassislarga qarorini bugun e'lon qilishini aytdi.

Futbolchi o'tgan mavsumning katta qismini jarohat tufayli o'tkazib yuborgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports