Uilfrid Zaa: “Osiyo turnesi men uchun yangi tajriba”

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2013
Uilfrid Zaa jamoasining rasmiy saytiga bergan intervyusida “Manchester Yunayted”dagi birinchi kunlari va boshqalar haqida gapirib berdi.
-   Seni jamoadagi eng birinchi kuning qanday bo'lgan?
-   Men shunchaki kiyinish xonasidagi shkafimni oldida to'xtadim va atrofni kuzata boshladim. O'sha paytda kiyinish xonasida ajoyib muhit hukm surardi sababi bu erda hamma hazil qilar edi. Boshida ozgina jahlim chiqqandi keyin o'rganib ketdim.

-   Angliya yoshlar terma jamosiga chaqirishganligi sababli sen jamoaga qolganlardan kech qo'shilding. Seni turnega olishganiga fikring qanday?

-   Men bundan juda xursand bo'ldim. Men murabbiylarda yaxshi taassurot qoldirishni xohlayman. Shuning uchun ham bunday sarguzashtlarga butun jamoa bo'lib borish juda yoqimli.

-   Turnedan nimalarni kutyapsan?

-   Bu men uchun yangi tajriba sababi men oldin bunday turnelarda hech qachon bo'lmaganman. Men bundan haqiqatdan ko'p narsa kutyapman.

-   Sen jamoaning yangi hamkori bo'lgan “Aeroflot”ning taqdimotida qatnashding. Taassurotlaring qanday?

-   Men hech  qachon bunday taqdimotlarda qatnashmaganman shuning uchun bu menga yangilik. Lekin u er menga yoqdi.

-   O'yinchilar seni qanday qabul qilishdi?

-   Har biri kelib men bilan tanishdi va men bilan tanishishni hech kim inkor qilmadi. Menga juda ham iliq munosabatda bo'lishdi.

-   Sen allaqachon mashg'ulotlarda o'zing topgan tryukni sinab ko'rgandirsan?

-   Hozircha menda bunday imkoniyat bo'lmadi (kuladi). Bunga shunchaki to'g'ri keladigan vaziyat bo'lmadi, lekin men buni kelajakda namoyish qilaman.

Javlonbek Yusupov tayyorladi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manunited.uz