

Angliya premer ligasi 32-turida "Tottenxem" "Nyukasl"dan 1:6 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Birinchi taymning dastlabki 21 daqiqasidayoq "Nyukasl" beshta to'p kiritishga erishdi.
"Nyukasl" birinchi bo'limda oltita aniq zarba berdi va ularning beshtasi golga aylandi. Beshinchi goldan so'ng ular birinchi taymda boshqa aniq zarba berishmadi.
Tanaffusda "Tottenxem" posboni Ugo Loris almashtirib yuborildi. Uning o'rniga Freyzer Forster maydonga tushdi va u ham o'yin yakuniga qadar bitta gol o'tkazib yubordi.



