“Ufa” direktorlar kengashi raisi: “Ronaldu, Messi va O'runovni jamoamizda qo'rishga qarshi bo'lmasdik”

Eldor Akmurzayev
14 yanv 2021, 20:25
“Ufa” rahbariyati vakili Rostislav Murzagulov “Spartak”da o'ynayotgan Oston O'runov haqida gapirdi.

“Krishtianu Ronalduni sotib olishga qarshi bo'lmasdik. Biz Lionel Messini sotib olishga ham qarshimasmiz. O'runovni sotib olishdan ham bosh tortmagan bo'lardik”, deydi Mirazgulov.

Avvalroq, moskvaliklar o'zbekistonlik futbolchini “Ufa”ga ijaraga berish yo sotishni o'ylayotgani xabar qilingandi. Hozirda tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Oston O'runov joriy mavsum “Spartak” libosida 9 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru