Uelslik futbolchi 4 yilga diskvalifikaciya qilindi - bu rekord

Aslanov Jasurbek
21 mar 2019
"Piterboro" himoyachii Josh Yorvert doping-test topshirishni istamagani uchun 4 yilga futboldan chetlashtirildi.

Bu ingliz futboli tarixidagi eng uzoq diskvalifikaciya hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Yorvert 2018 yilning sentyabr oyida doping oficerlarga eshikni ochmagan edi. Ma'lum bo'lishicha, u bir necha kun oldin narkotik qabul qilgan ekan. "Piterboro" futbolchi bilan shartnomani bekor qildi.

"Yorvert 4 yilga futbolga bog'liq har qanday faoliyatdan chetlatildi. Jazo 2018 yilning 3 oktyabrida kuchga kirgan va 2022 yilning 2 oktyabrigacha amal qiladi" - deyiladi Angliya futbol associaciyasi bayonotida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FA