Uels termasi bosh murabbiyi: "Beylni tanqid qilishsa qonim qaynaydi"

Mirjalol Normatov
24 apr 2022
Uels termasi bosh murabbiyi Rob Peyj "Real" futbolchisi Garet Beylning Ispaniyada tanqid qilishlari haqida gapirdi.

"Hayratdaman. Garetni yaxshi bilaman. Odamlar jamoaga uning maydonning tashqarisidagi ta’sirini tushunishmaydi. Yaqindagina u Kardiffdagi kasalxona va sog'liqni saqlsh xizmati uchun xayriya qildi. Bu juda katta summa edi. Garchi maqtashmasa ham Garet o'z ishini qilishda davom etadi. U o'zini ushlab turishni yaxshi biladi.

Uni parazit deb atashganda qonim qaynadi. Bu gap menga yoqmaydi. Bu faqatgina "Real" futbolchisi Garet Beylgina uchun emas, balki, Uels termasi sardori Garet Beyl manziliga ham atalgandi. U bizda hech qachon parazit bo'lmagan", - dedi murabbiy.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic