UEFA.COM: Kojokar Toshkentga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2014
Xabaringiz bor, Lokomotiv moldovalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi.

Bu xabar nafaqat Moldova balki Yevropa futbol uyushmalari ittifoqining rasmiy sayti www.uefa.com e'tiborini tortdi va ushbu futbolchining O'zbekiston klubiga o'tishi haqida xabar berdi o'z o'quvchilariga. Ushbu xabarni e'tiboringizga havola etamiz.

Andrey Kojokar Zimbru klubini tark etib endi Toshkentning Lokomotiv klubi sharafini himoya qiladi. Zimbru klubi yetakchilaridan biri toshkentliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Zimbru klubining sobiq a'zosi aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kojokar jamoada 2006 yildan 2009 yilgacha va 2013 yil ikkinchi yarmidan klub sharafini himoya qildi. Zimbru klubi muxlislari Kojokarni mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etishdi. U mavsumning ikkinchi yarmida chempionatning barcha 19 uchrashuvida maydonga tushib ikki marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.

Mening Zimbru bilan yana yarim yillik shartnomam bor edi, ammo klub menga qulaylik yaratib, menga yaxshi taklif bilan chiqqan Lokomotivga qo'yib yubordi, - deydi Kojokar. – Klubni tark etishim qiyin bo'ldi, ammo hayot shuni taqazo etadi. Klubga va uning muxlislariga omad tilayman. Albatta klubni o'yinlarini kuzatib boraman va muxlislik qilaman.

21 yanvar kuni27 yoshini nishonlaydigan futbolchi bunga qadar latishlar klubiMetallurg, moldovaning Rapid va Dachiya jamoalarida ham to'p surgan. Liepay shaxri jamoasi bilan2009 yilda Latviya chempioni, 2010/2011 mavsumdaMoldavaningDachiya klubi bilan mamlakat chempionlini qo'lga kiritgan. Moldova terma jamoasi safida esa to'qqizta uchrshauvda ishtirok etibbir marta gol kiritgan.

Lokomotivda Kojokar temiryo'lchilarga O'zbekiston chempionatining kumush medallarini qo'lga kiritishiga yordam bergan o'z vatandoshi Aleksandra Onika o'rnini egalladi. Sakkizinchi fevral kuni Loko mavsumning dastlabki uchrashuvi – Osiyo chempionlari ligasining saralash bosqichi bilan boshlaydi.

Zimbru esa ayni damda Moldova chempionating 19 turidan so'ng ettinchi o'rnini band etgan. Mavsum fevral oyining so'ngida yangilanadi. Jamoa murabbiyi Oleg Kubarev oldida klubni Yevropa Ligasida ishtirokini taminlash vazifasi turibdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com