UEFA yoshlar ligasida hakam penaltidan urilgan golni hisobga olmadi (video+foto)

Aslanov Jasurbek
25 fev 2016
UEFA yoshlar ligasining "Chelsi" - "Valensiya" uchrashuvida juda g'alati vaziyat sodir bo'ldi.

O'yinnig asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etilgach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Jamoa futbolchilari penaltilarni tepa boshlashdi, navbat "Valensiya"ning 18-raqamli futbolchisiga kelganida u gol urdi, ammo hakam uni hisobga olmadi.



U tepgan to'p darvozaning gorizontal va vertikal qismini ushlab turuvchi temirga tegib qaytgan. Natijada "Valensiya" penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia