

O'tgan hafta Fransiyada UEFAga a'zo associaciyalar prezidentlari va bosh kotiblarining yillik yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Gretsiya futbol federatsiyasi prezidenti ushbu yig'ilishda Rossiya yoshlar va o'smirlar terma jamoalarini xalqaro arenaga qaytarish mavzusini o'rtaga tashladi. Uni Bosniya va Gertsegovina, Chernogoriya, Qozog'iston, Rossiya va Belarus vakillari qo'llab-quvvatlashdi.
Shundan so'ng Ukraina futbol associaciyasi (UFA) prezidenti Andrey Shevchenko "kuchli chiqish" qildi. UFA rahbarining nutqi ko'pchilik uchun muhim rolni o'ynadi va gretsiyaliklarning taklifi qabul qilinmadi.
Gretsiya futbol federatsiyasi prezidenti - Makis Gagacic 8 yil davomida egasi rossiyalik tadbirkor Ivan Savvidi bo'lgan PAOKda bosh menejer bo'lib ishlagan.



