

Davogarlarning ikki nafari klubni, bir nafari terma jamoani boshqaradi:
Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") - klub tarixida ilk marta "Siti"ni Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqdi va Angliya chempionatining yuqori cho'qqisiga qaytdi. Undan tashqari, jamoa Angliya Liga Kubogini qo'lga kiritdi.
Roberto Manchini (Italiya terma jamoasi) - 2018 yilgi jahon chempionatining final bosqichiga chiqolmagan Italiya terma jamoasini EVRO-2020 g'olibiga aylantirdi. Qolaversa, italiyaliklar ketma-ket 34 mag'lubiyatsiz uchrashuv o'tkazdi.
Tomas Tuxel ("Chelsi") - 26 yanvarda Frenk Lempard o'rniga "Chelsi"ning shov-shuvli parvozini uyushtirdi va yakunda londonliklarni Chempionlar Ligasidagi ikkinchi g'alabasi tomon etakladi. Tuxel turli jamoalar bilan ketma-ket ikki marta turnir finaliga chiqqan tarixdagi dastlabki murabbiy bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, eng yaxshi murabbiy 26 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo'ladigan 2021/22 yilgi mavsum qur'a tashlash marosimida aniqlanadi.



