

U 89 yoshda edi. Shvetsiyalik sobiq boshqaruvchi kecha uzoq davom etgan kasallikdan so'ng vafot etdi.
Yoxansson UEFAni 1990 yildan 2007 yilgacha boshqargan. U bu lavozimda uzoq vaqt o'tirish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. 1967 yildan 1980 yilgacha "AIK" klubi prezidenti lavozimida ishlagan. Keyinchalik u klubning faxriy prezidenti etib tayinlangan.
Aynan uning davrida UEFAda islohotlar davri boshlandi va biz sevib ko'radigan Chempionlar Ligasi musobaqasi tashkil etildi. Yevropa mamlakatlari qo'llab-kuvvatlaganiga qaramay, 1998 yilgi FIFA prezidentligi saylovlarida yutqazdi. U o'shanda Yozef Blatterga yutqazgan edi. Agar o'shanda Yoxansson saylovda g'alaba qozonganida bugungi futbol qanday bo'lardi? Afsus, futbol olamining buyuk odami hayotdan ko'z yumdi.




