UEFA "Marsel" klubiga qarshi ish ochdi

Mirjalol Normatov
19 fev 2022
Konferenciyalar ligasi 1/16 finali doirasidagi "Marsel" - "Qorabog'" (3:1) uchrashuvida qoidabuzarliklar aniqlandi.

UEFA rasmiy sayti xabariga ko'ra, uchrashuvni qabul qiluvchi mezbon tomon bir necha xatoliklarga yo'l qo'ygan. Tartib posbonlari tribunalarda taqiqlanuvchi so'zlar yozilgan bannerga ahamiyat berishmagan va muxlislarning pirotexnik vositalardan foydalanishini oldini olmagan.

Bu boradagi jazo barcha holatni o'rganib chiqqandan keyin beriladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal