UEFA "Liverpul" va "RB Leyptsig" o'rtasidagi javob o'yinining qayerda o'tishini ma'lum qildi

Alisher
4 mar 2021
UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yinlari doirasidagi "Liverpul" - "RB Leyptsig" bahsining o'tish joyini ma'lum qildi.

Tashkilot matbuot xizmatining xabariga ko'ra, ingliz va nemis klublari o'rtasidagi o'yin Budapesht (Vengriya)dagi "Pushkash Arena"da bo'lib o'tadi.

Qayd etish kerakki, ushbu arena ikki jamoalar o'rtasidagi ilk o'yinni qabul qilgan va unda "Liverpul" 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

"Liverpul" - "RB Leyptsig" javob o'yini 10 martda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com