"Udineze" futbolchisining pokyerdagi ishtiroki sababli shartnomani bekor qildi

Aziz Tukhtamuradov
30 noya 2014, 19:41
"Udinze" klubi Albert Riera bilan shartnomasini bekor qildi.

"Liverpul"da o'zining gullagan davrlarini o'tkazgan Riera ushbu mavsumda maydonda deyarli ko'rinish bermadi.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchi poker sababli jamoasining o'yinini o'tkazib yuborgan. Shu sababli, klub futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi.

O'z o'rnida, futbolchi ham "Udineze" faoliyatidagi eng yomon klub ekanligini o'z tvitterida yozib o'tgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru