U16 Osiyo chempionati. Yaponiya yarim final va JCHga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
25 sen 2016, 21:30
Hindistonda o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi yarim finalchi nomi ham ma'lum bo'ldi.

Biroz oldin Eron o'smirlari Vetnamni 5:0 hisobida mag'lub etib yarim finalga chiqqandi. Ikkinchi chorak finalda Yaponiya BAA ustidan 1:0 hisobida g'alabaga erishdi va Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston o'smirlari ertaga, 26 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da Iroq bilan JCH yo'llanmasi uchun kurashishadi.


Chorak final
25 sentyabr
15:30 - Eron - Vetnam 5:0

Gollar:
Allahyor Sayyad 30, 72, Muhammad Gaderi 47, Alirizo Asadabadi 62, Amir Xodamoradi 69.


19:30 - Yaponiya - BAA 1:0

Gol: Ayumu Seko 31


26 sentyabr
15:30 - Ummon - KXDR
18:30 - O'zbekiston - Iroq


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia