"U menga hatto iltimos ham qilmay qo'ydi" - Pedri Ferran Torresning "shaxsiy haydovchisiga" aylangani haqida hazillashdi

Aslanov Jasurbek
25 fev 2026
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri jamoadoshi Ferran Torresni mashg'ulotlarga qanday qilib olib borishi haqida qiziqarli voqeani so'zlab berdi.

Kataloniyaliklar yulduzlari "Antena 3" telekanalidagi "El Hormiguero" ko'rsatuvida mehmon bo'lishdi.

"Men xuddi Uber haydovchisiman":

Pedrining so'zlariga ko'ra, Torres uning xizmatlariga shunchalik o'rganib qolganki, endi buni oddiy holdek qabul qilmoqda:

"Bu xuddi Uber chaqirishga o'xshaydi. U nonushtadan so'ng uyidan shunchalik xotirjam chiqib keladiki...

O'tgan kuni kechasi, soat sakkiz yoki to'qqizlar atrofida u menga: "Meni soat nechada olib ketasan?" deb yozadi. U hatto iltimos ham qilmay qo'ygan, "iltimos" so'zini ishlatmaydi. Bir kun kelib u menga: "Men bilan gaplashma, faqat mashinani hayda," desa ham ajablanmayman," - dedi Pedri kulib.

Futbolchilar o'rtasidagi bunday do'stona hazillar "Barselona" ichidagi muhit ancha iliq ekanligidan dalolat bermoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Hormiguero