OFK U-23 Osiyo Kubogi saralashiga mezbonlik qiladigan davlatlar nomini e'lon qildi. Ular orasida O'zbekiston ham bor

Sherzod Nurmatov
16 may 2023
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi U-23 Osiyo Kubogi saralash o'yinlariga mezbonlik qiladigan davlatlarining nomini e'lon qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi qur'a natijasiga ko'ra o'rin oladigan guruh uchrashuvlari O'zbekiston maydonlarida o'tkaziladi. O'yinlar joriy yilning 4-12 sentyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Mezbon mamlakatlar:

Bahrayn

Xitoy

Indoneziya

Iordaniya

Koreya Respublikasi

Kuvayt

Saudiya Arabistoni

Tojikiston

Tailand

O'zbekiston

Vetnam

Eslatib o'tamiz, saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi 25 may kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda olib boriladi. Musobaqaning final bosqichi 2024 yili Qatarda bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати