U-23 Osiyo kubogi. Qatar hakam tomonidan qo'shib berilgan 13-daqiqada Iordaniya darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi

Оқил Абдубарноев
18 apr 2024
U-23 Osiyo kubogi 2-turidan o'rin olgan Iordaniya - Qatar uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida mezbon mamlakat vakili Abdulloh Al Yazidi hisobni ochdi. 52-daqiqada esa Orif Al Haj muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarning 13-daqiqasida esa Muhammad Al Mannai Qatarga g'alaba taqdim etuvchi gol muallifiga aylandi.

Mazkur g'alabadan so'ng 6 ochko jamg'argan Qatar keyingi bosqich masalasini muddatidan ilgari hal qildi. Iordaniya esa 1 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.

TURNIR JADVALI


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia