U-23 Osiyo kubogi. Qatar - Avstraliya uchrashuvini o'zbekistonlik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2024
OFK U-23 Osiyo kubogi 3-turidan o'rin olgan dastlabki ikki bahsga hakamlarni tayinladi.

Unga ko'ra, "A" guruhidan o'rin olgan Qatar - Avstraliya uchrashuvini o'zbekistonlik FIFA referisi Rustam Lutfullin boshqarib boradi. Qanotlarda unga hamyurtlari Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov yordam berishadi.

VAR hakami sifatida o'zbekistonlik Firdavs Norsafarov ishlaydi.

Qatar - Avstraliya
21 aprel 2024 yil. "Jassim bin Hamad" stadioni. 20:30 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Rustam Lutfullin (O'zbekiston)
Qanot hakami 1: Sanjar Shoyusupov (O'zbekiston)
Qanot hakami 2: Alisher Usmonov (O'zbekiston)
Zaxira hakami: Moud Bonyadifard (Eron)
Beshinchi hakam: Said Qosimi (Eron)
VAR: Firdavs Norsafarov (O'zbekiston)
AVAR: Torpxong Somsing (Tailand)
Nazoratchi: Najah Raham Rashid Alhamaidah (Iroq).





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia