U-23 Osiyo chempionati taqvimi: O'zbekiston - Eron uchrashuvi Qarshida o'tkaziladi, final esa "Bunyodkor" stadionida bo'ladi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2022, 00:37
17 fevral kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida U-23 Osiyo chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tgandi.

2022 yilning 1-19 iyun kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tadigan musobaqaga Toshkent va Qarshi shaharlari mezbonlik qiladi. O'yinlar "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va Qarshidagi "Markaziy" stadionda o'tkaziladi. O'zbekiston terma jamoasi o'zining dastlabki ikki uchrashuvini "Paxtakor" stadionida o'tkazadi. Uchinchi turda esa Qarshidagi "Markaziy" stadion terma jamoamiz o'yiniga mezbonlik qiladi. Final o'yini esa "Bunyodkor" stadionida bo'ladi. 

O'zbekiston U-23 terma jamoasining taqvimi:

O'zbekiston - Turkmaniston

1-iyun, 20:00. "Paxtakor" stadioni

Qatar - O'zbekiston

4-iyun, 20:00. "Paxtakor" stadioni

O'zbekiston - Eron
7 iyun, 22:00. Qarshidagi "Markaziy" stadion


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: www.the-afc.com