U-23 Osiyo chempionati saralash bahslariga akkreditatsiya jarayoni boshlandi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2019, 13:14
Xabaringiz bor, joriy yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichi bo'lib o'tadi.

Shu munosabat bilan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur musobaqaga akkreditatsiya jarayoni boshlanganini ma'lum qiladi. U-23 Osiyo chempionati saralash bahslarini yoritib borish istagidagi OAV vakillari 20 mart sanasiga qadar info@ufa.uz elektron pochtasiga xodimlari ro'yxatini yuborishlari talab etiladi.

Ta'kidlab o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi mazkur musobaqa doirasida Tojikiston hamda Hindiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. O'yinlar “Paxtakor” stadionida tashkil etiladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz