U-23 Osiyo chempionati. S.Arabistoni – Yaponiya uchrashuvi yakunlandi, “B” kvartetidagi vaziyat (jadval)

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2020
23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati ilk turi doirasida “B” guruhidan o'rin olgan ikkinchi o'yin Saudiya Arabistoni hamda Yaponiya o'rtasida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda hisob Ayman Al-Xulayf tomonidan 48 daqiqada ochildi. Bir necha daqiqalardan keyin esa Ryotaro Meshino oradagi farqni tikladi. 

Bahs tugashiga oz muddat qolganida Abdulrahmon G'arib yaponiyaliklar darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo'ydi – 2:1.

Yaponiya - Saudiya Arabistoni 1:2 (0;0, 1:2)

"Thammasat University Main Stadium"

Gollar: Al-Xulayf 48, Meshino 56, G'arib 88

Oldinroq, mazkur kvartetdan o'rin olgan Qatar – Suriya to'qnashuvida jangovar durang (2:2) qayd etilgandi.

Demak, 1 turdan keyin “B” guruhidagi holat quyidagicha:

Guruhdagi 2 tur o'yinlari 12 yanvarga belgilangan:

15:15, S.Arabistoni – Qatar

18:15, Suriya – Yaponiya


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia