U-23 Osiyo chempionati. Ertaga Toshkentda qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2021, 12:40
Ertaga Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralash bahslariga qur'a tashlanadi.

Qur'a jarayoni "Bunyodkor" stadionida 9 iyul kuni soat 12:00da boshlanadi. 42 ishtirokchi jamoa G'arb va Sharq mintaqalariga bo'lingan holda saralash bosqichida qatnashadi. Qur'a natijalariga ko'ra jamoalar 11ta guruhda 15ta yo'llanma uchun kurash olib borishadi.

O'zbekiston terma jamolasi final bosqichi mezboni sifatida to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lgan. Shunga qaramay vakillarimiz saralashda ishtirok etishadi va har qanday holatda final bosqichiga chiqadi. Saralash bahslari 23-31 oktyabr kunlari markazlashgan holda o'tkazilishi rejalashtirilgan.



G'ARB MINTAQASI
Birinchi savatcha
: Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Suriya, BAA, Eron, Iroq.

Ikkinchi savatcha: Qatar, Bahrayn, Tojikiston, Ummon, Falastin, Bangladesh.

Uchinchi savatcha: Kuvayt, Afg'oniston, Turkmaniston, Hindiston, Livan, Yaman.

To'rtinchi savatcha
: Qirg'iziston, Nepal, Maldiv orollari, Shri Lanka, O'zbekiston.


SHARQ MINTAQASI
Birinchi savatcha
: Janubiy Koreya, Avstraliya, Tailand, KXDR, Vetnam.

Ikkinchi savatcha: Yaponiya, Xitoy, Malayziya, Myanma, Singapur.

Uchinchi savatcha: Gonkong, Indoneziya, Laos, Kambodja, Timor-Leste.

To'rtinchi savatcha: Xitoy Taypei, Mo'g'uliston, Filippin, Bruney.


P.S. O'zbekiston mezbon bo'lgani va uning natijalari guruh jadvaliga ta’sir qilmasligi bois jamoamiz so'nggi savatchaga joylashtirilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia