U-23 Osiyo chempionati–2018 saralash bosqichiga 17 mart kuni qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
7 fev 2017
2018 yili 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi 2017 yilning 17 mart, juma kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi OFK qarorgohida bo'lib o'tadi.

Qur'a tashlash marosimi mahalliy vaqt bilan 15:00 da boshlanadi. Qur'ada OFKga a'zo 42 mamlakat terma jamoasi ishtirok etib, 2016 yili Ummonda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionati natijalariga muvofiq guruhlarga ajratiladi.  

2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichi shu yilning 15–23 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqaning final bosqichi esa 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda o'tkaziladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com