U-21 chempionati. "Olimpik" bugun muddatidan avval chempion bo'lishi mumkin

Iskandarov Abdulaziz
18 okt 2022
U-21 chempionatida bugun chempionlikka aniqlik kirituvchi uchrashuv bo'lib o'tadi.


Ayni paytda turnir jadvalida 57 ochko bilan birinchi o'rinda ketayotgan "Olimpik" U-21, 45 ochko bilan ikkinchi o'rinda ketayotgan "Lokomotiv" U-21 mehmoni bo'ladi. Timur Kapadze shogirdlari hozirda 12 ochkolik farq bilan oldinda ketishmoqda. Bugun jamoa "temiryo'lchilar" ustidan g'alaba qozongan yoki durang qayd etgan taqdirda muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtiradi. 



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia