Takidlash lozim, ertaga bo'lib o'tadigan qur'a tashlash marosimida O'zbekiston vakillari ham ishtirok etishadi. O'zbekiston U-20 terma jamoasi delegaciyasi kecha Yangi Zelandiya poytaxti Oklend shahriga jo'nab ketgan.
Eslatib o'tamiz, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi o'tgan yili Manmada bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida kuchli to'rtlikka kirib Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
Ma'lumot uchun, 8 fevral kuni KONMEBOLda ham yoshlar o'rtasidagi qita chempionati bahslari yakuniga etdi va unga ko'ra Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan yana to'rt terma jamoaning nomi ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, KONMEBOL mintaqasidan Argentina, Braziliya, Kolumbiya hamda Urugvay terma jamoalari Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishgan.
Shu tariqa, ayni damga kelib Jahon chempionatida ishtirok etadigan 24 jamoadan 20ta terma jamoaning nomi ma'lum bo'ldi. Hozircha Jahon chempionatida ishtirok etadigan Afrika qitasi jamoalari nomalum, boisi yoshlar o'rtasida Afrika qitasi chempionati 8-22 mart kunlari o'tkaziladi.