U-20 Osiyo kubogiga qur'a tashlash sanasi ma'lum. O'zbekiston 1-savatchada bo'ladi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2024
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2025 yilning fevral oyida Xitoy mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo kubogi final bosqichiga qur'a tashlash marosi haqida ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, marosim 7 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Xitoyning Shenchjen shahrida o'tkaziladi.

Jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo'lib, amaldagi musobaqa g'olibi O'zbekiston U-20 terma jamoasi 1-savatchadan o'rin olgan:

1-savatcha

Xitoy (musobaqa mezboni)
O'zbekiston
Iroq
Yaponiya

2-savatcha

Koreya Respublikasi
Avstraliya
Eron
Iordaniya

3-savatcha

Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Suriya
Qirg'iz Respublikasi

4-savatcha
Qatar
Tailand
Yaman
KXDR

Ma'lumot o'rnida, mazkur musobaqa Chilida bo'lib o'tadigan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o'taydi. Musobaqaning eng yaxshi 4 ta jamoasi 2025 yilgi yoshlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати