

Osiyo kubogi bahslari 2025 yilning 6-23 fevral kunlari Xitoyning bitta shahrida bo'lib o'tadi. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, musobaqaga Shenjen shahari mezbonlik qiladi.
Hozircha Osiyo kubogiga qachon qur'a tashlanishi ma'lum emas. O'zbekiston U-20 terma jamoasi qur'a tashlash jarayonida 1-savatchadan joy oladi.
Osiyo kubogida ishtirok etuvchi barcha 16ta terma jamoa (savatchalarga ajratilgan holda):
1-savatcha
Xitoy (mezbon)
O'zbekiston
Iroq
Yaponiya
2-savatcha
Koreya Respublikasi
Avstraliya
Eron
Iordaniya
3-savatcha
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Suriya
Qirg'iziston
4-savatcha
Qatar
Tailand
Yaman
KXDR



