U-20 Osiyo kubogi saralash bahslari start oldi. O'zbekiston ishtirokini ertadan boshlaydi

Iskandarov Abdulaziz
22 sen 2024
Xitoy Taypeyi mezbonlik qilayotgan U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichining "B" guruhida kecha ilk uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Unda Kambodja terma jamoasi yoshlari Nepalni 4:1 hisobida taslim qilgan bo'lsa, Bahrayn mezbon taypeyiliklardan kichik 1:0 natijasi bilan ustun keldi. 

Ertaga Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi saralashdagi ishtirokini boshlaydi. Vakillarimiz guruhda peshqadam bo'lib turgan Kambodja bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:00da start oladi. Taqvim esa quyidagicha ko'rinish olgan.

23 sentyabr Kambodja - O'zbekiston 

25 sentyabr O'zbekiston - Nepal 

27 sentyabr Xitoy Taypeyi - O'zbekiston

29 sentyabr O'zbekiston - Bahrayn


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia