U-20 Osiyo kubogi. Chorak finalning barcha juftliklari ma'lum: Koreya Respublikasi - O'zbekiston uchrashuvi qachon bo'ladi?

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2025
Xitoy mamlakatida 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo kubogi davom etmoqda.

Bugun "D" guruhida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi va chorak finalning barcha juftliklari ma'lum bo'ldi. 

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 23 fevral kuni Koreya Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs g'olibi Chilida o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 


U-20 Osiyo kubogi, chorak final
22 fevral 

13:15 Saudiya Arabistoni - Xitoy
16:30 Avstraliya - Iroq


23 fevral 

13:15 Eron - Yaponiya
16:30 Koreya Respublikasi - O'zbekiston


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia