U-20 JCH. Italiya Janubiy Koreyani qiyinchilik bilan mag'lub etib, ikkinchi finalchiga aylandi

Оқил Абдубарноев
9 iyun 2023
U-20 jahon chempionatining 1/2 finalidan o'rin olgan ilk uchrashuv yakunlandi.

Unda Italiya yoshlar terma jamoasi qiyinchilik bilan janubiy koreyalik tengqurlarini mag'lubiyatga uchratdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, yarim finalning ilk uchrashuvida Urugvay Isroil ustidan g'alaba qozongandi.

Italiya U-20 – Janubiy Koreya U-20 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 1:0 – 14 Kazadei, 1:1 – 23, penalti Lee, 2:1 – 86 Pafundi.

Italiya U-20 – Deplansh, Dzanotti (Fatikanti, 67), Guarino, Ghilardi, Turrikkya, Kazadei, Djovane (Fontanaroza, 82), Baldanci (Pafundi, 82), Prati, Espozito (Montevago, 82), Ambrozino (Fyumano, 89).

Janubiy Koreya U-20 – Joon-Hong, Cho, Kim, Choi, Choi (Hwang, 90), Lee, Bae, Kang, Park (Bae, 89), Kim En Xak (Lee, 62), Lee.

Ogohlantirishlar: Ambrozino (43), Dzanotti (45), Kim (68), Park (85), Fatikanti (90).


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia