

Mazkur uchrashuv avvalida Championat.asia sayti xodimlari Mendosa shahridagi "Estadio Malvinas Argentinas"ga yetib kelishdi.
Jurnalistlar uchun ajratilgan tribunaga yetib kelishimiz bilan amerikalik marketologlar tomonidan tayyorlangan jurnalga ko'zimiz tushdi.

Unda AQSH yoshlar terma jamoasi takribidagi futbolchilar va murabbiylar shtabi, o'yinchilarning tavallud topgan hududi, shuningdek, terma jamoaning turnirdagi ishtiroki to'g'risida batafsil ma'lumotlar aks ettirilgan.

Qolaversa, Argentinaning diqqatga sazovor joylari, turnir o'tkaziladigan stadionlar ham jurnal sahifalaridan o'rin olgan.

Kelasi yil o'tkaziladigan Osiyo kubogida qo'llash uchun yaxshi namuna.



