U-20 JCH. 2-turdan keyin O'zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilarining statistikasi

Оқил Абдубарноев
24 may 2023
U-20 jahon chempionati 2-turidan keyin O'zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilarining statistikasi bilan tanishing.

Eng ko'p gol - Mahmudjon Mahamadjonov, Abbosbek Fayzullaev, Sherzod Esanov (1 ta)

Eng ko'p pas - Jahongir O'rozov (142 ta)

Eng ko'p kross amalga oshirgan futbolchi - Abbosbek Fayzullaev (19 ta)

Eng ko'p golli vaziyat yuzaga keltirgan futbolchi - Umarali Rahmonaliev (6 ta)

Eng ko'p assist - Umarali Rahmonaliev (2 ta)

Eng ko'p masofani bosib o'tgan futbolchi - Umarali Rahmonaliev (25,42 km)

Eng ko'p sprint amalga oshirgan futbolchi - Umarali Rahmonaliev (141 ta)

Eng ko'p poziciya o'zgartiradigan uzatmalar berishga uringan futbolchi - Jahongir O'rozov (62 ta)

Eng ko'p muvaffaqiyatli poziciya o'zgartiradigan uzatmalar amalga oshirgan futbolchi - Jahongir O'rozov (39 ta)

Eng ko'p to'p qabul qilish taklifini bildirgan futbolchi - Abbosbek Fayzullaev (134 ta)

Himoya va yarim himoya o'rtasida eng ko'p to'p qabul qilgan futbolchi - Abbosbek Fayzullaev (51 ta)

Himoyaga eng ko'p bosim o'tkazgan futbolchi - Behruz Asqarov (87 ta)

Eng ko'p golning oldini olgan futbolchi - Otabek Boymurodov (16 ta)


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia