U-20 jahon chempionati. Urugvay va Koreya ham 1/4 finalga yo'l oldi, barcha chorak finalchilar aniq

Aziz Tukhtamuradov
2 iyun 2023
Argentinada 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida jahon chempionati davom etmoqda.

Tunda 1/8 final doirasidan o'rin olgan so'nggi ikkita o'yin bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, Urugvay va Janubiy Koreya U-20 terma jamoalari g'alabaga erishib, chorak final masalasini hal qilishdi. 

Gambiya U-20 – Urugvay U-20 0:1 

Gol: 0:1 – 65 Duarte da Silva.

Gambiya U-20 – Dampa, Sanyang (Singate, 62), Yavara (Marong, 86), Saine, Saidixan, Sanyang, Njie (Savane, 81), Bayo, Boyang, Mbye, Kole (Sove, 62).

Urugvay U-20 – Rodriges Lukas, Ponte, Gonsales Molino, Boselli Graf, Matturo Romero, Dias, Garsiya Grana, (Sosa, 62), Duarte da Silva, (Chagas Diaz 75), Rodriges, De los Santos (Siri, 75).

Ogohlantirishlar: Garsiya Grana, (38), Sanyang, (45), Singate (82).

Chetlatish: Mbye (17), Rodriges (45).


Ekvador U-20 – Janubiy Koreya U-20 2:3 

Gollar: 0:1 – 11 Li, 0:2 – 19 Bae, 1:2 – 36, penalti Kuero Palasio, 1:3 – 48 Choy, 2:3 – 84 Gonsales.

Ekvador U-20 – Napa, de la Kruz, (Zambrano Mendes, 55), Valensiya (Garsiya Chajas, 46), Ordonez Guerrero, de la Kruz Borxa, (Mina Ibarra, 77), Gonsales, Zambrano, Paez Andrade, Angulo (Minda, 46), Klinger Sosa (Chamba, 68), Kuero Palasio.

Janubiy Koreya U-20 – Jun Xong, Park, Kim, Choy, Choy (Bae, 82), Li (Xvang, 61), Kang, Park (Li, 69), Kim En Xak (Kang, 61), Li.

Ogohlantirish: Paez Andrade (77).



Shu tariqa, JCH chorak finalida quyidagi juftliklar o'zaro to'qnash keladilar: 

Isroil - Braziliya

Kolumbiya - Italiya

Janubiy Koreya - Nigeriya

AQSH - Urugvay


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia