U-20 Jahon chempionati. Nematjonov dublga erishgan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchi

Narzulla Saydullayev
27 may 2023
Argentinada U-20 Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

Kecha O'zbekiston U-20 terma jamoasi Gvatemalani 2:0 hisobida mag'lub etdi va nimchorak finalga chiqdi.

Ushbu bahsda O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Shahzodbek Nematjonov dublga erishdi. Bunga qadar U-20 Jahon chempionatlari tarixida faqat bir marta o'zbekistonlik futbolchi dubl rasmiylashtirgandi. 2015 yilgi Jahon chempionatida Dostonbek Hamdamov Avstriyaga qarshi bahsda ikkita gol urgandi.

O'zbekistonlik futbolchilar orasida U-20 Jahon chempionati to'purari ham aynan Dostonbek Hamdamov hisoblanadi - 3ta gol.


U-20 Jahon chempionatida gol urgan o'zbekistonlik futbolchilar:

Dostonbek Hamdamov - 3ta
Aleksandr Geynrix - 2ta
Abbosbek Maxstaliev - 2ta
Igor Sergeev - 2ta
Sardor Rahmonov - 2ta
Eldor Shomurodov - 2ta
Zabihillo O'rinboev - 2ta
Shahzodbek Nematjonov - 2ta
Islom Inomov - 1ta
Sherzod Karimov - 1ta
Ivan Nagaev - 1ta
Diyorjon Turopov - 1ta
Mirjamol Qosimov - 1ta
Mahmudjon Mahamadjonov - 1ta
Abbosbek Fayzullaev - 1ta
Sherzod Esanov - 1ta



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia