U-20 Jahon chempionati. Bugun terma jamoamiz Isroilga qarshi maydonga tushadi
Alisher
30 may 2023
Bizning vaqt bilan 31-mayga o'tar kechasi soat 2:00da U-20 o'rtasidagi jahon chempionatining nimchorak final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Unda Ravshan Haydarov shogirdlari Isroil terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Buenos-Ayresda joylashgan "Malvinas Arxentina" stadionida bo'lib o'tadi.
Bo'lajak uchrashuvda O'zbekiston U-20 terma jamoasiga omad tilab qolamiz.