U-18 Birinchiligi. Istiqlol - Neftchi ustidan g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
24 may 2019
Bugun U-18 jamoalari chempionatiga ham start berildi va musobaqaning ilk o'yini Farg'onada o'tkazildi.

Unda mezbon jamoa Istiqlol o'z uyida Istiqlol stadioni sun'iy qoplamali maydonida Neftchini qabul qildi. So'ngi bu nomlar to'qnashuvlarida Istiqlol nomi g'alaba qozonayotgan edi va bugun ham ushbu anana davom etdi.

O'yin kutilganidek shiddatli kechdi. Dastlabki daqiqalardanoq mezbonlar raqiblarni qurshov ostiga olishdi. Ko'p vaziyatlarda esa biroz omad yetishmadi. Neftchi jamoasi a'zolari ham birga-bir vaziyatlarga chiqib borishdi ammo Shohjahon Chilmatov o'z darvozasini mustahkam qo'riqladi.

Jamoalar kuchi esa futbolda ko'proq ohirida bilinadi. O'yinning 3-yarmidan boshlab jamoalar ochiq futbol o'ynashga o'tib kyetishdi. Natija esa Istiqlol foydasiga ishladi. 85-daqiqada darvozabonning xatosidan so'ng Nodir Nurmatov to'pni, uchrashuvda eng yaxshi futbolchi bo'lgan Rahmatillo O'ktamovga oshirib berdi va chamasi 19-20 metrlardan darvozaning yaqin burchagiga zarba yo'llab hisobni ochdi. Goldan so'ng Neftchi darvozaboni o'z o'rnini sherigiga bo'shatib berdi. Navbatdagi gol esa o'zini uzoq kuttirmadi. O'yinning asosiy vaqti tugab, birinchi daqiqasi o'tayotgan bir paytda Neftchi jamoasi xujumda to'pni oldirib qo'ydi. Natija qarshi xujumga o'tib ketgan Istiqlol raqib darvozasini yana bir bor nishonga oldi. Maydon markazida to'pni egallagan Rahmatillo O'ktamov, Abdulboriy Vositjonovni to'p bilan taminladi. Vositjonov esa 22-23 metr masofadan darvozabonning yuqori to'qqizligiga joylab qo'ydi. Shu bilan Jahongir Po'latov shogirdlari uchrashuvda 2:0 hisobida Neftchi yoshlari ustidan erishilgan g'alaba bilan yakunlandi.


U-18 Birinchiligi.

"Istiqlol" - "Neftchi" 2:0

Gollar:
Rahmatillo O'ktamov (1:0), Abdulboriy Vositjonov (2:0)

"Istiqlol": 89. Shohjahon Isroilov, 3. Elnur Turg'unboev, 4. Diyor Azimjonov, 7. Rahmatillo O'ktamov, 8. Asadullo Mamasodiqov, 9. Abdulboriy Vositjonov, 10. Xushnud Bozorov, 13. Farruh Rajabov (S),14. Doston O'rinboev, 19. Ozodbek Qobulov,21. Nodir Nurmatov
Zaxira: 12. Timur Usmonov, 2.Samandar Halilov, 5. Ulug'bek Muhammadjonov, 11. Sobit Orifjonov, 17. Fayozbek Otaev,18. Jamshid Odiljonov, 22. Abdulvosit Vositjonov

"Neftchi": 1. Rasul Abdo'mo'minov, 3. Muhammad Qurbonov, 4. Rahimjon Ro'ziev, 7.Samandar O'rinboev, 8. Musomalik Rustamov, 9. Javohir Yusupov, 11. Bekzod Xomidov, 15. Azizbek Olimov, 18. Elyor Nuraliev, 20. Boburmirzo Solijonov, 25. Doniyor Madaminov.
Zaxira: 12. Asadbek Odiljonov, 5. Malik Mirzaboev, 6. Asadbek Razzoqov, 21. Doston Avazbekov, 22. Jasur Xamroqulov, 23. Obidjon Azizov, 26. Shoxrux Sobirov, 32. Xojiakbar Ibroximov, 44. Asadbek Abdulxamidov

"Istiqlol" matbuot xizmati.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia