28 oktyabr kuni O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi BAAda davom etayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati nimchorak finalida Gonduras o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda Nuraliev shogirdlari 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va Jahon chempionati bahslarini nimchorak final bosqichida yakunladi.
O'yinning 24 daqiqasida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi himoyachisi Akrom Komilov o'yindagi ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi. O'yinning birinchi bo'limi 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.
Maydonda bir kishi ko'p bo'lib harakat qilgan Gonduras o'smirlar terma jamoasi ikkinchi bo'limda ko'proq hujum uyushtirishga erishdi. O'yinning 74 daqiqasida esa hisob ochildi. Gonduras o'smirlar terma jamoasi yarim himoyachisi Alvaro Velaskez chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib to'pni zahiradan maydonga tushgan Xorxe Boddenga etkazib berdi. Gonduraslik hujumchi esa bu imkoniyatdan unumli foydalandi va to'pni Sarvar Karimov qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi.
O'yinning qolgan daqiqalarida Nuraliev shogirdlari bir nechta hujumlar uyuushtirganina qaramay, hisobni tenglashtirishning uddasidan chiqa olmadi.
Shu tariqa, Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi BAAda davom etayotgan Jahon chempionati bahslarini nimchorak final bosqichida yakunladi.
U-17. JCH. Nimchorak final
28 oktyabr, "Sharja" Stadioni. BAA
O'ZBEKISTON (U17) - GONDURAS (U17) - 0:1
Gol: Xorxe Bodden (74)
O'zbekiston (U17): 1. Sarvar Karimov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 3. Abdulaziz Jo'raboev, 4. Akrom Komilov, 5. Odilbek Hamrobekov, 9. Ibrohim Abdullaev, 11. Akobir To'raev (8.Abbos Nematillaev 35, 10.Javohir Siddiqov 76), 15. Izzatilla Abdullaev, 17. Dostonbek Hamdamov, 19. Shohjahon Abbosov (14. Islombek Karimov 46), 20. Otabek Shukurov.
Gonduras (U17): 1. Kristian Ernandes, 2. Kevin Alvares, 3. Alvaro Romero, 4. Luis Santos (S), 5. Anoal Ernandes, 7. Brayan Velaskez, 8. Kristofer Alegria, 9. Albert Elis, 10. Isaak Borxas, 11. Rembrandt Flores, 17. Fredi Medina (18.Xorxe Bodden 57, Devron Garsiya 87)
Ogohlantirishlar: Albert Elis (45) - Akromjon Komilov (7), Akobir To'raev (21), Abdulaziz Jo'raboev (45+3), Otabek Shukurov (69), Javohir Siddiqov (87)
Chetlatish: Akromjon Komilov (24, ikkinchi ogohlantirish)
Hakamlar: Pavel Kralovec (Chexiya), Martin Valchek (Chexiya), Roman Slishko (Slovakiya)