U-17 Osiyo kubogi uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadionlar ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
4 fev 2025
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2025 yilning 3 – 20 aprel kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogi uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadionlar bo'yicha ma'lumot taqdim etdi.

Unga ko'ra, turnir Toif shahridagi “King Fahd Sports City” va “Okaz” hamda Jidda shahridagi “Shaxzoda Abdulloh Al Faisal” va “Qirol Abdulloh Sports City Hall” stadionlarida o'tkaziladi.

Final uchrashuvi esa Toif shahridagi “King Fahd Sports City” o'yingohida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 terma jamoasi turnirning “A” guruhida Tailand, Xitoy va mezbon – Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AFC