U-17 Osiyo chempionati. Yangi yulduzlar porlashga tayyor

Xayrulla Xoliqov
6 may 2026, 11:45
Kecha, 5 may kuni Saudiya Arabistonida navbatdagi U-17 Osiyo chempionati start oldi.

Ha, bu o'sha, o'tgan yil ham Saudiya Arabistonida o'tkazilib, O'zbekiston U-17 terma jamoasi finalda ikki kishi kam qolib saudiyaliklarni 2:0 hisobida mag'lub etgan musobaqa. Turnir tarixiga nazar solsak, bu 21-o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati hisoblanadi.

Tarixga nazar

U-17 Osiyo chempionati shu paytgacha 20 marta o'tkazilgan bo'lib, dastlabki musobaqa 1985 yil Qatarda bo'lib o'tgan. Bu turnir bazan ketma-ket har yil, bazan har ikki yilda bir marta o'tkazilgan. Dastlab U-16 Osiyo chempionati nomi bilan start olgan musobaqa 2023 yildan to'liq U-17 Osiyo chempionatiga o'zgardi va 2025 yildan har yil o'tkazishga kelishib olindi. Quyida musobaqaga mezbonlik qilgan mamlakatlar va barcha chempionlarni keltirib o'tamiz.

1985. Mezbon - Qatar. Chempion - Saudiya Arabistoni

1986. Mezbon - Qatar. Chempion - Janubiy Koreya

1988. Mezbon - Tailand. Chempion - Saudiya Arabistoni

1990. Mezbon - BAA. Chempion - Qatar

1992. Mezbon - Saudiya Arabistoni. Chempion - Xitoy

1994. Mezbon - Qatar. Chempion - Yaponiya

1996. Mezbon - Tailand. Chempion - Ummon

1998. Mezbon - Qatar. Chempion - Tailand

2000. Mezbon - Vetnam. Chempion - Ummon

2002. Mezbon - BAA. Chempion - Janubiy Koreya

2004. Mezbon - Yaponiya. Chempion - Xitoy

2006. Mezbon - Singapur. Chempion - Yaponiya

2008. Mezbon - O'zbekiston. Chempion - Eron

2010. Mezbon - O'zbekiston. Chempion - KXDR

2012. Mezbon - Eron. Chempion - O'zbekiston

2014. Mezbon - Tailand. Chempion - KXDR

2016. Mezbon - Hindiston. Chempion - Iroq

2018. Mezbon - Malayziya. Chempion - Yaponiya

2023. Mezbon - Tailand. Chempion - Yaponiya

2025. Mezbon - Saudiya Arabistoni. Chempion - O'zbekiston

2026. Mezbon - Saudiya Arabistoni. Chempion - ???

2027. Mezbon - Saudiya Arabistoni. Chempion - ???

2028. Mezbon - Saudiya Arabistoni. Chempion - ???

Rekordchi jamoalar

U-17 Osiyo chempionatida shu paytgacha eng ko'p Yaponiya o'smirlar terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan - 4 marta (1994, 2006, 2018, 2023). Shuningdek oltita jamoa hisobida ikkitadan chempionlik bor: Janubiy Koreya, KXDR, Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Xitoy va Ummon. Qatar, Eron, Tailand va Iroq o'smirlar terma jamoasi esa bir martadan chempion bo'lgan.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-17 terma jamoasi ushbu musobaqada 2012 yil Dilshod Nuraliev qo'l ostida, 2025 yil esa Islom Ismoilov qo'l osida g'olib chiqqan. Shuningdek, biz 2010 yil Toshkent mezbonlik qilgan musobaqa finalida o'ynab, KXDRga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib ikkinchi o'rinni egallaganmiz.

photo_2026-05-06_11-11-35.jpg

1985-2025 yillar oralig'idagi umumiy reytingda O'zbekiston U-17 terma jamoasi 85 ochko bilan 8-o'rinda boryapti. Vakillarimiz shu paytgacha Osiyo chempionatida 11 bor ishtirok etib, 52ta o'yin o'tkazgan. Shundan 25tasida g'alaba qozonib, 10ta durang qayd etganmiz va 17 bor mag'lub bo'lganmiz. Jami to'plar nisbati 91-96 (-5). Bu borada Yaponiya o'smirlar terma jamoasi 160 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Yaponiyada to'plar nisbati +105 ko'rinish olgan.

Bu yilgi musobaqa

Ushbu U-17 Osiyo chempionati 5-22 may oralig'ida Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Odatda musobaqada 16ta jamoa ishtirok etishini yaxshi bilamiz, lekin KXDR o'smirlar terma jamoasi turnirda ishtirok etishdan bosh tortdi va natijada 15ta jamoa qoldi. Qizig'i, KXDR terma jamoasi bizning guruhdan joy olgandi.

A guruhi: Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Tailand, Myanma.

B guruhi: Yaponiya, Indoneziya, Xitoy, Qatar.

C guruhi: Janubiy Koreya, Yaman, Vetnam, BAA.

D guruhi: O'zbekiston, Avstraliya, Hindiston.

123.jpg

O'zbekiston U-17 terma jamoasi guruhdagi ishtirokini bugun boshlashi kerak edi, biroq KXDR chiqib ketgani bois ilk uchrashuvni 10 may kuni Hindistonga, keyingi bahsni 13 may kuni Avstraliyaga qarshi o'tkazamiz. Bugun guruhimizdan o'rin olgan Avstraliya - Hindiston bahsi bo'lib o'tadi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan ikkitadan jamoa chorak finalga yo'l oladi. Chorak finalga chiqqan barcha 8 jamoa to'g'ridan to'g'ri shu yilning kuz oylarida Qatarda bo'lib o'tadigan U-17 Jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'ladi. Ma'lumki, U-17 Jahon chempionati uchun Osiyoga 8ta yo'llanma berilgan.

Terma jamoamiz tarkibi

O'zbekiston U-17 terma jamoasi ushbu Osiyo chempionatida quyidagi tarkib bilan bilan ishtirok etadi. Bosh murabbiy - Sergey Chigodaev.

Darvozabonlar

1. Olimjon Shamuratov 11-03-2009, "Paxtakor"

12. Mehrojbek Sirojiddinov 28-03-2009, RFA

21. Abdulboriy Zoidjonov 23-11-2009, "Lokomotiv"

Himoyachilar

2. Mashhurbek Abdisoliev 06-05-2009, "Nasaf"

3. Muhammadaziz Ro'ziboev 08-07-2009, "G'azalkent"

4. Muhammad Hakimov 04-10-2009, "Bunyodkor"

5. Elsevarbek Olimov 03-02-2009, "Neftchi"

13. Mirjamol Anvarov 12-06-2009, "Odil Ahmedov FA"

16. Adis Abdunabiev 10-12-2009, "Oqtepa"

17. Jahongirmirzo O'ktamboev 10-07-2009, "Bunyodkor"

Yarim himoyachilar

6. Muhammadjon Mamatov 20-07-2009, "Paxtakor"

7. Amirxon Erkinov 10-01-2009, "Odil Ahmedov FA"

8. Islom Ravshanov 14-04-2009, "Paxtakor"

10. Mirkomilbek Murodov 18-09-2009, "Bunyodkor"

11. Suhrob Sadirdjanov 31-03-2009, "G'azalkent"

14. Muhammadodilxon Orifxonov 12-06-2009, "Odil Ahmedov FA"

15. Nurmuhammad O'ktamov 23-06-2009, "Paxtakor"

18. Farrux Xayitmurodov 13-01-2009, "Paxtakor"

19. Ahrorbek Ravshanbekov 23-05-2009, "Andijon"

22. Abubakir Rahimov 04-05-2009, "Odil Ahmedov FA"

Hujumchilar

9. Asilbek Aliev 01-01-2009, RFA

20. Laziz Abduraimov 26-10-2009, "Bunyodkor"

23. Rustam Aliev 30-05-2009, "Surxon"

Osiyo chempionatida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga omad tilab qolamiz.

X.Xoliqov

photo_2026-05-06_11-10-45.jpg


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia